» » Robert Mugabe iste’foga chiqishdan bosh tortdi

Robert Mugabe iste’foga chiqishdan bosh tortdi


Zimbabve prezidenti Robert Mugabe mamlakatdagi oxirgi voqealardan so‘ng iste’foga chiqishdan bosh tortdi. Bu haqda Meduza xabar bermoqda.

19-noyabr kuni kechki soatlarda qilgan chiqishida Mugabe harbiy to‘ntarish uning davlat va hukumat rahbari sifatidagi maqomini shubha ostiga qo‘ymasligini ta’kidladi.

Shuningdek, u dekabr oyida hukmron “Zimbabve Afrika milliy ittifoqi — Vatanparvarlik fronti” partiyasi raisligiga qaytishiga umid bildirdi.

Oldinroq partiya vakillari Mugabega 20-noyabrga qadar o‘z ixtiyoriga ko‘ra iste’foga chiqish imkoniyatini bergan edi.

Bundan tashqari, u partiya raisligidan chetlatilgan edi.

Опубликовано: admin (20-11-2017, 20:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 78) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют