» » O‘zbekiston yo‘lbo‘yi infrastrukturasini rivojlantirishda Germaniya kompaniyasi ishtirok etadi

O‘zbekiston yo‘lbo‘yi infrastrukturasini rivojlantirishda Germaniya kompaniyasi ishtirok etadi


O‘zbekiston turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi delegatsiyasi Ispaniyada Autobahn Tank & Rast Gruppe GmbH & Co kompaniyasi vakillari bilan muzokaralar o‘tkazdi. O‘zbekiston tomoni Germaniya kompaniyasini mamlakatdagi yo‘lbo‘yi infrastrukturasini yaxshilashga jalb etmoqchi, deb xabar beradi “Kommersant.uz”.

Autobahn Tank & Rast Gruppe GmbH & Co kompaniyasi konsessiya tariqasida ularga topshirilishi mumkin bo‘lgan trassalarni o‘rganib chiqadi, shundan so‘ng yo‘lbo‘yi infrastrukturasini rivojlantirish bo‘yicha o‘z takliflarini beradi.

Kompaniya vakillari O‘zbekistonga tashrif buyurib, servis zonalari yaratish yoki loyihaviy yechimlar uchun investitsiya kiritish imkoniyatlarini o‘rganib chiqadi.

Yo‘lbo‘yi infratrukturasini rivojlantirish dasturida mehmonxonalar, qahvaxonalar, do‘konlar, tamaddixonalar qurilishi, shuningdek, bankomatlar va o‘yin apparatlari o‘rnatilishi rejalashtirilgan.

Hamkorlik yo‘nalishlaridan biri sifatida O‘zbekistonga Sanifair tizimi texnologiyalarining berilishi ko‘rib chiqildi. Sanifair — yoqilg‘i quyish shoxobchalari, temir yo‘l vokzallari va savdo majmualaridagi sanitariya-gigiyena uzellari.

Uchrashuv yakunlariga ko‘ra o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha kelishib olindi.

Опубликовано: admin (21-11-2017, 00:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 20) ( 0) ( 17) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют