» » O‘zbekistonda Hyundai avtomobillarini ishlab chiqarish rejalashtirilmoqda

O‘zbekistonda Hyundai avtomobillarini ishlab chiqarish rejalashtirilmoqda


O‘zbekistonda Hyundai avtomobillarini seriyali tarzda ishlab chiqarish rejalashtirilmoqda, deya xabar bermoqda “Gazeta.uz”.

Xabar berishlaricha, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Janubiy Koreyaga tashrifi doirasida ushbu masala yuzasidan anglashuv memorandumi imzolangan.

Seulda rasmiylashtirilgan hujjatga O‘zbekiston Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi raisi Azim Ahmadxo‘jayev va Evergreen Motors kompaniyasi prezidenti va bosh ijrochi direktori Edvard Kim imzo chekkan.

Loyiha 200 million dollar miqdoridagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar hisobidan amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

Qayd etish joiz, Evergreen Motors — KIA va Hyundai’ning MDH mamlakatlaridagi rasmiy distribyutori sanaladi.

Опубликовано: admin (22-11-2017, 16:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 79) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют