» » Andijon shahar hokimi kollej direktorlarini haqorat qilayotgani yozilgan audio e’lon qilindi

Andijon shahar hokimi kollej direktorlarini haqorat qilayotgani yozilgan audio e’lon qilindi


Internetda Andijon shahar hokimi Dilmurod Rahmatullayev shahardagi kasb-hunar kollejlari direktorlarini haqorat qilayotgani yozilgan audio paydo bo‘ldi. Audioyozuvni e’lon qilgan “Kun.uz” nashriga ko‘ra, kollej direktorlari shahar hokimi tomonidan haqorat qilingan yig‘ilish 16-oktabr kuni bo‘lib o‘tgan.

Audioyozuvda hokim Dilmurod Rahmatullayev paxta yig‘im-terimiga hasharchilarni belgilangan sonda (besh kishidan) yetkazib bera olmagan kollejlarning direktorlarini birma-bir turg‘azib, tanbeh berayotgani, ularni tinimsiz haqorat qilayotganini eshitish mumkin.

“Hokimiyatning kuchini ko‘rsatib qo‘yaman senlarga!”, — deb, hokim kollej direktorlariga tahdid qilgan; qo‘l ostidagi mas’ullardan biriga “aybdor” kollejlarga tekshiruv guruhlarini “tashlash” bo‘yicha ko‘rsatma bergan. Gap orasida kollej direktorlarini “Andijon shahrining dushmanlari” deb aytgan.

Ovozi hokimniki deb aytilayotgan shaxs “aybdor”larni tinimsiz ravishda “iflos”, “shakal” deb atagan, hasharchi yetkazib bera olmagan ba’zi kollejlarning vakillarini “gadoy” deb ta’riflagan. Erkaklar ham, ayollar ham birdek haqoratlangan. Rahmatullayev Mashinasozlik kollejidan kelgan vakilni: “Sen iflossan, odam emassan! Mahluqsan! Andijon shahrining fidoyisi emasman! Ey, eshak! Ey, hayvon!”, — deb gapirgan.

“Tupurganman senlarga!”, — deydi hokim majlisda yig‘ilgan “aybdorlar”ga. “Kun.uz” ma’lumotiga ko‘ra, majlisda shahardagi 50 maktab, 12 kollej va litsey direktorlari, 70 ta maktabgacha ta’lim muassasalari mudirlari, imomlar, tibbiyot muassasalari rahbarlari, ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i va prokuror qatnashgan.

Shuningdek, “Kun.uz” hokim Rahmatullayev iyul oyida ta’lim sohasi xodimlari (o‘qituvchilar) majburiy mehnatga jalb etilmasligi haqida gapirganiga ham e’tibor qaratgan.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 15-noyabr kuni bo‘lib o‘tgan videoselektor yig‘ilishida qo‘l ostidagi xodimlarni haqorat qilib, hatto ularga qo‘l ko‘tarayotgan hokim va rahbarlarni “davlat va Prezident siyosatiga qarshilar” deb baholagan edi.

Опубликовано: admin (23-11-2017, 20:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 102) ( 0) ( 101) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют