» » O‘zbekistonda Hyundai’ning qanday avtomobillari ishlab chiqariladi?

O‘zbekistonda Hyundai’ning qanday avtomobillari ishlab chiqariladi?


Muqaddam O‘zbekistonda Hyundai avtomobillari ishlab chiqarilishi yo‘lga qo‘yilishi xabar qilingan edi. Bu boradagi anglashuv memorandumi Seulda Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi raisi Azim Ahmadxo‘jayev va Evergreen Motors (KIA va Hyundai’ning MDHdagi rasmiy distribyutori) prezidenti Edvard Kim o‘rtasida imzolandi, deb xabar beradi “Gazeta.uz”.

Kompaniya vakillarining ma’lum qilishicha, O‘zbekistonda kichik, o‘rta va og‘ir yuk ko‘taruvchi avtomobillar, shahar, shaharlararo va turistik toifadagi avtobuslar, shuningdek, maxsus texnika ishlab chiqarilishi rejalashtirilmoqda.

Loyiha 200 million dollar miqdoridagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri chet el investitsiyalari hisobidan amalga oshiriladi.

Aniqlashtirilishicha, tomonlar bozordagi vaziyatni o‘rganib chiqadi, shundan so‘ng konkret model qatori belgilanadi. Kompaniya suyultirilgan gazda yuruvchi ekologik transport vositalarini ishlab chiqarishga qiziqish bildirmoqda.

Опубликовано: admin (23-11-2017, 21:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 90) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют