» » Eyfel minorasi chiroqlari Misrdagi terakt qurbonlari xotirasiga o‘chirildi

Eyfel minorasi chiroqlari Misrdagi terakt qurbonlari xotirasiga o‘chirildi


Fransiyada 25-noyabr, shanbaga o‘tar kechasi Misrdagi terakt qurbonlari xotirasiga Eyfel minorasi chiroqlari o‘chirildi. Bu haqda Parij meri Ann Idalgo ma’lum qildi, deya xabar beradi “Gazeta.ru”.

“Qurbonlar oilasiga hamdardlik, jabrlanganlarga qo‘llab-quvvatlashimni bildiraman. Eyfel minorasi chiroqlari Misrdagi qurbonlar xotirasiga motam ramzi sifatida o‘chiriladi”, — deya yozuv qoldirdi Idalgo Twitter’dagi sahifasida.

Eslatib o‘tamiz, Sinay yarim orolining Al-Arish shahri yaqinidagi ar-Rouda masjidiga juma nomozi chog‘ida uyushtirilgan hujum oqibatida 235 kishi halok bo‘ldi, 130 kishi yaralandi.

Опубликовано: admin (25-11-2017, 09:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 76) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют