» » “Qora juma” sabab Amazon asoschisi Jeff Bezosning boyligi 100 milliard dollardan oshdi

“Qora juma” sabab Amazon asoschisi Jeff Bezosning boyligi 100 milliard dollardan oshdi


“Qora juma” savdosi eng yuqori natijalariga erishgani sabab Amazon asoschisi va bosh direktori Jeff Bezosning boyligi 100 milliard dollardan oshdi. Bu haqda Bloomberg’ga tayanib, “Interfaks” xabar berdi.

Investorlarning optimizmi sabab kompaniya aksiyalari 2 foizdan ortiqroqqa qimmatlashdi, Bezosning boyligi esa 2,4 milliard dollarga ortib, 100,3 milliard dollarni tashkil etdi. Ta’kidlanishicha, bu safargi “qora juma”da onlayn-maydonchalar savdosi o‘tgan yilgiga nisbatan 18,4 foizga yuqorilagan.

O‘tgan yilda Amazon asoschisi 32,6 milliard dollarga boyigan edi, Bloomberg reytingi bo‘yicha hech qaysi milliarder bu kabi natijaga erishmagan. Shuningdek, u 1999-yildan buyon boyligi 100 milliard dollardan ortgan birinchi odamga aylandi; unga qadar ushbu “marrani” Microsoft asoschisi Bill Geyts zabt etgan.

Опубликовано: admin (25-11-2017, 11:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 89) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют