» » Xorazmlik qutqaruvchilar uch oylik chaqaloqni qutqardi

Xorazmlik qutqaruvchilar uch oylik chaqaloqni qutqardi


Urganch shahrida uy ichida qamalib qolgan uch oylik chaqaloq qutqaruvchilar tomonidan qutqarildi. Bu haqda O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Xabar berishlaricha, 23-noyabr kuni Urganch shahrida yashovchi fuqaro Xorazm viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi navbatchilik qismiga yordam so‘rab murojaat qilgan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, uyning eshigi yopilib qolgan, uy ichida esa uch oylik farzandi qolib ketgan.

“Qutqaruvchilar tezkorlik bilan yetib kelib, uyning eshigini maxsus asbob-anjomlar yordamida ochdi. Uy ichida qolib ketgan bola ota-onasiga sog‘-salomat topshirildi”, — deyiladi FVV axborotida.

Опубликовано: admin (25-11-2017, 23:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 53) ( 0) ( 50) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют