» » O‘zbekiston Qozog‘iston kompaniyalarini mamlakatdagi yirik loyihalarda ishtirok etishga chaqirdi

O‘zbekiston Qozog‘iston kompaniyalarini mamlakatdagi yirik loyihalarda ishtirok etishga chaqirdi


O‘zbekiston bosh vazirining birinchi o‘rinbosari Achilbay Ramatov qozog‘istonlik tadbirkorlarni mamlakatning yangi loyihalari qurilishida ishtirok etishga taklif etdi. Bu haqda “Kazinform” xabar bermoqda.

O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida ikki tomonlama hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiya hamraislari yig‘ilishi davomida Achilbay Ramatov qozog‘istonlik investorlar va qurilish kompaniyalarini Toshkent, Samarqand va Nurafshonda xalqaro ishbilarmonlik markazlari qurilishida ishtirok etishga chaqirdi.

“Qozog‘iston kompaniyalarini keng ko‘lamli qurilish loyihalarimizda qatnashishga taklif etamiz. Qozog‘istonda muhtasham binolarni barpo etishi mumkin bo‘lgan yirik qurilish kompaniyalari va biznesmenlar borligidan xabardormiz. Qurilishlar uchun joylar ajratilgan va ular shahar markazlarida joylashgan. Ostonada qanday chiroyli binolar qad rostlaganini bilamiz, shu sababli davlat rahbari quruvchilaringizni O‘zbekistonda ko‘rish niyatida. Barcha qurilgan binolar sizlarga tegishli bo‘ladi”, — ta’kidladi bosh vazirning birinchi o‘rinbosari.

Eslatib o‘tamiz, yig‘ilishda Qozog‘iston bosh vazirining birinchi o‘rinbosari Asqar Mamin ishtirok etdi.

Опубликовано: admin (26-11-2017, 12:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 75) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют