» » Jeyms Kemeron “Titanik”da Di Kaprioning o‘limi bo‘yicha “ahmoqona bahslar”ga nuqta qo‘ydi

Jeyms Kemeron “Titanik”da Di Kaprioning o‘limi bo‘yicha “ahmoqona bahslar”ga nuqta qo‘ydi


Gollivud rejissori Jeyms Kemeron “Titanik” filmi so‘ngida Leonardo Di Kaprioning qahramoni Jek vafot etishi sahnasi yuzasidan tinmayotgan bahslarni ahmoqona, deb atadi. Bu haqda Vanity Fair xabar bermoqda.

U bosh qahramonning o‘limini dramaturgiya qonunlari bilan o‘zaro bog‘liq, deb hisoblaydi.

“20 yil o‘tgandan so‘ng ham bu haqda gapirishda davom etayotganimizni ahmoqona harakat deb bilaman. Biroq mazkur holat Jekning kino ishqibozlari qalbidan chuqur joy egallagani va uning o‘limini ko‘rish og‘ir ekanligini ko‘rsatadi. Agar u tirik qolganida kino yakuni ham mazmunsiz chiqar edi. Bu film o‘lim va ayriliq haqida. Jek o‘lishi kerak edi”, — deydi Kemeron.

Rejissorning so‘zlariga ko‘ra, agar Jek cho‘kib ketmaganida uning ustiga tutun trubasi qulab ketishi kerak edi. “Bu san’at deb ataladi, hammasi fizika tufayli emas, badiiy sabablar natijasida sodir bo‘ladi”, — deydi u.

Kemeronning qo‘shimcha qilishicha, yog‘och bo‘lagida Jek va Rouz uchun joy yetarli bo‘lishiga qaramay, “yog‘och ularni ko‘tara olmagan bo‘lardi”.

1997-yilda katta ekranlarga chiqqan “Titanik” “Oskar”ning 11 ta nominatsiyasida g‘olib bo‘lgan. Bundan tashqari, film to‘rtta “Oltin globus” va beshta “Gremmi”ni ham qo‘lga kiritgan.

Опубликовано: admin (27-11-2017, 16:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 0) ( 92) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют