» » Kreml matbuot kotibi: Ramzan Qodirov Chechenistonning amaldagi rahbari bo‘lib qolmoqda

Kreml matbuot kotibi: Ramzan Qodirov Chechenistonning amaldagi rahbari bo‘lib qolmoqda


Ramzan Qodirov Chechenistonning amaldagi rahbari bo‘lib qolmoqda. Bu haqda Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma’lum qildi, deb xabar beradi “TASS”. 

“Ramzan Qodirov Rossiya prezidenti Vladimir Putinning safdoshlari doirasidagi izchil va qat’iyatli a’zo ekanligi haqida ko‘p bor gapirgan. U mamlakat prezidenti qanday ko‘rsatma bersa, shunga asosan ishni davom ettirish niyatida. Bundan boshqacha gapirmagan, biz shundan kelib chiqamiz. Ramzan respublikaning amaldagi rahbari bo‘lib qolishda davom etmoqda”, — dedi Peskov. 

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Ramzan Qodirov Checheniston rahbarligidan ketish orzusida ekanligini bildirgandi. U 2007-yildan beri respublikani boshqaradi. 

Опубликовано: admin (27-11-2017, 20:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 97) ( 0) ( 95) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют