» » Madagaskarda 4 oy ichida 200 dan ortiq kishi o‘latdan vafot etdi

Madagaskarda 4 oy ichida 200 dan ortiq kishi o‘latdan vafot etdi


Hind okeanidagi Madagaskar orolida o‘latdan vafot etganlar soni 200 dan oshib ketdi, deb xabar beradi “Interfaks”.

Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkiloti 27-noyabr, dushanba kuni Madagaskarda o‘lat oqibatida 1-avgustdan 22-noyabrga qadar 202 kishi vafot etgani, bu esa so‘nggi 50 yil ichidagi eng yirik ko‘rsatkich ekanligini ma’lum qildi.

Bundan tashqari, 2, 34 mingdan ziyod kishi o‘latni yuqtirib olgan.

O‘lat Madagaskardagi endemik kasallik hisoblanadi. Bu yerda har yili o‘latga chalinishning 400 ga yaqin holati qayd etiladi.

Kasallikning keng tarqalishi o‘tgan yili, 2016-yilning dekabr oyida oroldagi chekka tumanlardan birida kuzatilgan edi. Biroq hozirda Antananarivu va Tuamasin kabi yirik shaharlar aholisi ham o‘lat bilan og‘rimoqda.

Bundan tashqari, o‘latning tez yuqadigan va 24 soat ichida o‘limga olib keladigan turi ham keng tarqalmoqda.

Опубликовано: admin (28-11-2017, 14:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 53) ( 0) ( 53) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют