» » IIV YHXBB O‘zbekiston yo‘llaridagi o‘lim holatlari haqida axborot olish uchun xat bilan chiqishni tavsiya qildi

IIV YHXBB O‘zbekiston yo‘llaridagi o‘lim holatlari haqida axborot olish uchun xat bilan chiqishni tavsiya qildi


O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi (IIV) Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi (YHXBB) mamlakat yo‘llaridagi o‘lim holatlari haqida axborot so‘ragan nashrga xat bilan murojaat qilishni tavsiya qildi.

Avvalroq “Gazeta.uz” internet-nashri mamlakat yo‘llaridagi YTHlarning haftalik rasmiy statistikasi vakolatli organlar tomonidan o‘lim holatlari ko‘rsatilmay e’lon qilinayotganiga e’tibor qaratgani haqida yozilgan edi.

“IIV YHXBB matbuot xizmati YTH qurbonlari haqidagi ma’lumotlar yo‘qligiga doir ‘Gazeta.uz’ so‘roviga javoban rasmiy xat bilan murojaat etishni tavsiya qildi”, — deb yozadi “Gazeta.uz” nashri.

Qayd etish joiz, bu borada vakolatli hisoblangan IIV YHXBB avariyalarning haftalik statistikasini Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida 15-noyabr kuni bo‘lib o‘tgan videoselektordan so‘ng e’lon qilishni boshladi.

O‘sha yig‘ilishda 2017-yilning yanvar—oktabr oylarida O‘zbekistonda 8000 ga yaqin YTH yuz bergani, oqibatda 2031 kishi halok bo‘lib (kuniga taxminan 6 kishidan ko‘proq), 7622 kishi tan jarohati olgani ma’lum qilingan edi.

Videoselektor yig‘ilishi davomida Prezident huquqni muhofaza qilish idoralari matbuot xizmatlarining faoliyatini tanqid qilib, ular “umuman talabga javob bermasligi”ni qayd etib o‘tgan edi.

Ma’lumot o‘rnida, 30-oktabr kuni O‘zbekiston hukumati IIV matbuot xizmati faoliyatini tashkil etish to‘g‘risidagi qarorni qabul qilgan edi. Unda, jumladan, IIV matbuot xizmati tizimida Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasini tuzish haqida ko‘rsatma berilgan va yangi boshqarmaga aholiga o‘z vaqtida va ishonchli axborot yetkazish vazifasi yuklatilgan edi.

Опубликовано: admin (28-11-2017, 18:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 49) ( 0) ( 47) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют