» » Mutaxassis: O‘zbekistonda lizing xizmatlari ko‘rsatuvchi 126 ta tashkilot faoliyat yuritmoqda

Mutaxassis: O‘zbekistonda lizing xizmatlari ko‘rsatuvchi 126 ta tashkilot faoliyat yuritmoqda


Bugungi kunda O‘zbekistonda lizing xizmatlari ko‘rsatuvchi 126 ta tashkilot faoliyat yuritmoqda. Bu haqda Moliya vazirligi boshqarma boshlig‘i o‘rnibosari O‘ktam Muhammadiyev O‘zAda e’lon qilingan maqolasida ma’lum qildi.

“Bugun O‘zbekistonda yalpi ichki mahsulot tuzilmasidagi lizing amaliyotlari hajmi yildan-yilga oshayotgani kuzatilmoqda. Bundan tashqari, lizing bozorida ishtirokchilar — lizing amaliyoti bilan shug‘ullanuvchi banklar va lizing kompaniyalari soni muntazam ortib bormoqda. Mamlakatimizda hozirgi vaqtda lizing xizmatlari ko‘rsatuvchi 126 ta tashkilot, jumladan, 24 tijorat banki faoliyat yuritmoqda”, — deyiladi materialda.

O‘ktam Muhammadiyevga ko‘ra, o‘tgan yil lizingning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 0,5 foizni tashkil etdi.

Bundan tashqari, joriy yilning birinchi yarmi yakunlariga ko‘ra, lizing amaliyotlarining umumiy portfeli 2 trillion 529 milliard so‘mni tashkil qildi. Lizing beruvchilar umumiy qiymati 710 milliard so‘mdan ortiq bo‘lgan 4 ming 674 ta lizing shartnomasi tuzdi, bu o‘tgan yilning shu davridagiga nisbatan 65,1 foizga ko‘p.

Опубликовано: admin (1-12-2017, 21:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 67) ( 0) ( 66) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют