» » Rossiyalik milliarderlar yil boshidan beri 21,6 mlrd dollarga boyidi

Rossiyalik milliarderlar yil boshidan beri 21,6 mlrd dollarga boyidi


Rossiyaning 25 milliarderi umumiy mol-mulki qiymati 2017-yil davomida 21,6 milliard dollardan oshdi. Bu haqda Bloomberg Billionaires Index (BBI) dalolat bermoqda, deb xabar beradi “Kommersant.ru”.

“Severstal” bosh aksiyadori Aleksey Mordashov Rossiyadagi eng badavlat kishi bo‘lib chiqdi: uning mol-mulki yil mobaynida 2,32 milliard dollarga ko‘payib, 19,2 milliard dollarga yetdi.

Ikkinchi o‘rinda “Norilsk nikeli” prezidenti Vladimir Potanin 17,9 milliard, uchinchida esa “Novolipetsk metallurgiya kombinati” direktorlar kengashi raisi Vladimir Lisin 16,4 milliard dollar bilan qayd etildi.

“Novatek” rahbari Leonid Mixelsonning mol-mulki 16,1 milliard dollargacha qisqardi va u reytingda 4-o‘ringa tushib qoldi. Undan keyingi o‘rinlarni Viktor Vekselberg (“Renova”, 15,8 milliard dollar), Mixail Fridman (“Alfa-grupp”, 14, 3 miliard dollar) va USM Holdings asoschisi Alisher Usmonov egalladi.

Shuningdek, kuchli o‘nlikka “Yevroxim” egasi Andrey Melnichenko (13,4 milliard dollar), Roman Abramovich (12,5 milliard dollar) va “Lukoyl” rahbari Vagit Alekperov (12,2 milliard dollar) ham kirdi.

Опубликовано: admin (1-12-2017, 23:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 72) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют