» » 10 yoshli amerikalik qiz sinfdoshlarining tahqirlari tufayli o‘z joniga qasd qildi

10 yoshli amerikalik qiz sinfdoshlarining tahqirlari tufayli o‘z joniga qasd qildi


AQShning Kolorado shtatida 10 yoshli Ashanti Devis ismli qizcha o‘z joniga qasd qilishga uringanidan keyin ikki hafta o‘tib, vafot etdi, deb yozadi The Daily Mail.

Ijtimoiy tarmoqlarda sinfdoshlari uning ustidan kulgach, qiz o‘z hayotiga nuqta qo‘yishga qaror qilgan. Shifokorlar bir necha hafta davomida uni qutqarib qolishga intilgan, ammo oxir-oqibat uni hayotni ta’minlash qurilmasidan o‘chirib qo‘yishga majbur bo‘lgan.

Oktabr oxirida beshinchi sinfda o‘qiydigan Devis janjalga aralashib qolgan. O‘quvchilardan biri olomon ko‘z o‘ngida janjallashayotgan ikki qizni videoga olib, ommabop dasturlardan biriga joylagan. Shundan keyin maktabdagi o‘quvchilar qizni masxara qilishni boshlagan.

Hodisadan ikki hafta o‘tgach, qiz uyga kelib, o‘z joniga qasd qilishga uringan. Uni kasalxonaga yetkazishgan. Ayni paytda qizning ota-onasi bezorilarni aniqlashga harakat qilmoqda.

Опубликовано: admin (4-12-2017, 11:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 61) ( 0) ( 60) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют