» » Mixail Saakashvili Kiyevda qo‘lga olindi va hibsxonaga yetkazildi

Mixail Saakashvili Kiyevda qo‘lga olindi va hibsxonaga yetkazildi


Kiyevda Odessa viloyatining sobiq gubernatori Mixail Saakashvili qo‘lga olindi. Bu haqda Ukraina bosh prokurori Yuriy Lutsenko ma’lum qildi, deya xabar beradi “RIA Novosti”.

“Milliy politsiya xodimlari qidiruv haqidagi qarorga muvofiq Saakashvili Kiyev shahrining Otradnoy ko‘chasida ekanligini aniqladi va qo‘lga oldi. U vaqtinchalik tutib turish hibsxonasiga joylashtirildi”, — deya yozuv qoldirdi Lutsenko Facebook’dagi sahifasida.

Gruziyaning sobiq yetakchisi tergovchiga yetkazildi, qo‘lga olish chog‘ida hech kim jabrlanmadi.

Saakashvilining advokati Pavel Bogomazovga ko‘ra, sud 72 soat mobaynida siyosatchiga qanday ehtiyot chorasi qo‘llash haqida qaror qabul qiladi.

Опубликовано: admin (9-12-2017, 08:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 74) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют