» » Andijonda Muhammad Yusuf xiyoboni ochildi

Andijonda Muhammad Yusuf xiyoboni ochildi


Andijon shahrining Amir Temur ko‘chasida Muhammad Yusuf nomidagi ona tili va adabiyotiga ixtisoslashtirilgan maktab hamda shoir byusti o‘rnatilgan xiyobon barpo etildi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Maktab va xiyobon “Azimut stroy” MChJ quruvchilari tomonidan qisqa vaqtda bunyod etildi. Qurilish va bunyodkorlik ishlari uchun 2 milliard 648 million so‘mga yaqin mablag‘ sarflandi.

O‘zbekiston Badiiy akademiyasi a’zosi, haykaltarosh Shohruxbek O‘rozov tomonidan yaratilgan byust, shuningdek, ikkita favvora, manzarali gul va daraxt ko‘chatlari o‘tqazilgan mazkur xiyobon Andijon shahrining ko‘rkiga-ko‘rk qo‘shish bilan birga, yosh ijodkorlarni tarbiyalaydigan ziyo maskaniga aylanadi.

“Joriy o‘quv yilida maktabimizda 150 ga yaqin yosh tahsil olmoqda. Bilim dargohimizda umumta’lim fanlari bilan birga, adabiyot va badiiy ijod borasida puxta bilim olish uchun zarur sharoitlar yaratilgan”, — deydi Muhammad Yusuf nomidagi ona tili va adabiyoti fanini chuqurlashtirib o‘qitishga ixtisoslashtirilgan maktab direktori Sh.Nurmatova.

Tadbir ishtirokchilari maktabda tashkil etilgan Muhammad Yusuf muzeyi, shoir ijodiga bag‘ishlangan ochiq dars, adabiyot to‘garagi faoliyati bilan tanishdi.

Опубликовано: admin (12-12-2017, 08:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 88) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют