» » Pavel Durov Dubayga ko‘chib o‘tishga qaror qildi

Pavel Durov Dubayga ko‘chib o‘tishga qaror qildi


“VKontakte” va Telegram messenjerining asoschisi Pavel Durov Dubayga ko‘chib o‘tishga qaror qildi. Bu haqda u Bloomberg bilan bo‘lib o‘tgan intervyuda ma’lum qildi, deb xabar berdi “Vedomosti”.

“Menga u yer yoqadi. Shahar startap tezligida rivojlanmoqda”, — deydi Durov BAAning yirik shaharlaridan biri haqida. Uning so‘zlariga ko‘ra, Dubayni tanlashidan maqsad, shaharda erkin iqtisodiy zonaning mavjudligi.

“Bu prinsip masalasi. G‘arbdagi ko‘pchilik soliqlar imkoniyatlarni qanchalik cheklashini tushunib yetmaydi. Siz soliqlar uchun daromadning salkam yarmini to‘lashingiz mumkin, bu esa yilning 180 kuni davlat uchun ishlashingizni anglatadi. O‘ylashimcha, jamiyat manfaati uchun topayotgan pullarimni sarflashga yaxshiroq yechim topa olaman”, — dedi Durov.

Agentlikning ma’lumotlariga ko‘ra, Durovning yangi ofisi Dubai Media City osmono‘par binosining 23-qavatida joylashgan.

2013-yilda Durov Karib orollarining Sent-Kits va Nesiv davlati fuqaroligini olgan. U hech qachon bu davlatda bo‘lmagan va fuqarolikni Yevropadan turib olgan, bu orqali u Yevropa Ittifoqi va Buyuk Britaniyaga vizasiz tashrif buyurishni maqsad qilgan.

Durov Rossiyani 2014-yilda, “VKontakte” bosh direktorligidan ketgach va UCP jamg‘armasi bilan yuzaga kelgan mojaro sabab ijtimoiy tarmoqning o‘ziga tegishli bo‘lgan 12 foiz aksiyasini sotib tark etgan. O‘sha vaqtda u “VKontakte” asoschisi bo‘la turib, o‘zining shaxsiy Telegram loyihasini rivojlantirayotganlikda ayblangan.

Опубликовано: admin (12-12-2017, 16:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 83) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют