» » Kim Chen In KXDRni “eng qudratli yadro davlati”ga aylantirish niyatini ma’lum qildi

Kim Chen In KXDRni “eng qudratli yadro davlati”ga aylantirish niyatini ma’lum qildi


KXDR yetakchisi Kim Chen In Pxenyanning yangi turdagi qurol-yarog‘lar yaratish sohasidagi muvaffaqiyatlarini qayd etib, mamlakatni “dunyodagi eng qudratli yadroviy va harbiy davlat”ga aylantirish maqsadini qo‘ydi, deb yozadi “TASS”. Bunday bayonot bilan u mudofaa sanoati ishchilari qurultoyida chiqish qildi.

“Oliy yetakchi mudofaa samoatini rivojlantirish uchun amalga oshirish kerak bo‘lgan uzoq muddatli maqsadlarni, strategik vazifalarni belgilab berdi. Shuningdek, u mamlakatimizni yanada buyuklashtirish hamda uni dunyodagi eng qudratli yadroviy va harbiy davlatga aylantirish haqida ko‘rsatma berdi”, — deyiladi Markaziy telegraf agentligi xabarida.

Bundan tashqari, Kim Chen In strategik qurol-yarog‘, shu jumladan, atom va vodorod bombalari, shuningdek, “Xvason-15” qit’alararo ballistik raketa yaratilishini “partiya va xalqning tarixiy g‘alabasi” deb atadi. Uning so‘zlariga ko‘ra, KXDR mudofaa sanoati hozirgi holatida mustaqil ravishda qurol-yarog‘ning har qanday turini yaratish imkonini beradi.

Опубликовано: admin (13-12-2017, 10:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 37) ( 0) ( 35) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют