» » Apple Kaliforniyadagi o‘rmon yong‘inlari oqibatlarini bartaraf etishga 1 mln dollar xayriya qildi

Apple Kaliforniyadagi o‘rmon yong‘inlari oqibatlarini bartaraf etishga 1 mln dollar xayriya qildi


Apple Kaliforniya shtatida o‘rmon yong‘inlari oqibatlarini bartaraf etishga ko‘mak berish uchun 1 million dollar xayriya qildi. Bu haqda Forum Daily xabar bermoqda. 

Ofatdan jabrlanganlar orasida kompaniya xodimlari ham bor: Apple shtab-kvartirasi Kaliforniyaning Kupertino shahrida joylashgan. 

“Biz Kaliforniya janubidagi yong‘indan aziyat chekkan barcha, jumladan, hamkasblarimiz, do‘stlarimiz va ularning oilalari bilan birgamiz. Apple ofat zarar yetkazgan hamjamiyatlarni tiklashga qaratilgan harakatlarga ko‘mak uchun 1 million dollar xayriya qiladi”, — deyiladi kompaniya bayonotida. 

Shuningdek, kompaniya App Store, iTunes Movies, iTunes TV, Apple Music, Apple Podcasts va iBooks kabi resurslari foydalanuvchilariga yong‘inlardan jabrlanganlar uchun mablag‘ xayriya qilish imkoniyatini yaratdi. 

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Kaliforniyadagi o‘rmon yong‘inlari tufayli 200 ming kishi evakuatsiya qilingani haqida xabar berilgandi. 

Опубликовано: admin (13-12-2017, 16:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 59) ( 0) ( 57) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют