» » Britaniyada yuragi ko‘krak qafasidan tashqarida bo‘lgan chaqaloq dunyoga keldi (video)

Britaniyada yuragi ko‘krak qafasidan tashqarida bo‘lgan chaqaloq dunyoga keldi (video)


Buyuk Britaniyaning Buluell shahrida yuragi ko‘krak qafasidan tashqarida bo‘lgan qiz chaqaloq dunyoga keldi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda. 

Shifokorlar noyob tug‘ma nuqson —yurak ektopiyasi tashxisini homiladorlikning to‘qqizinchi haftasida qo‘ygandi. Bolada yashab ketishga imkoniyat kam edi, chunki ektopiya aniqlangan chaqaloqlar yo o‘lik tug‘iladi yoki hayotining dastlabki kunlari o‘ladi. Mutaxassislar abort qilishni maslahat berdi, biroq ota-ona bunga ko‘nmadi. 

Qizaloq tirik tug‘ildi, biroq hayotining ilk soatlaridayoq 50 dan ortiq shifokor qatnashgan uchta operatsiya o‘tkazildi. Jarrohlar yangi ko‘krak qafasini shakllantirdi va unga yurakni joylashtirdi. Natijada chaqaloq bunday nuqson bilan omon qolgan Britaniyadagi birinchi bola bo‘ldi. 

Опубликовано: admin (14-12-2017, 16:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 81) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют