» » Janubiy Koreya prokuraturasi mamlakat sobiq prezidentining dugonasiga 25 yil qamoq jazosi berishni so‘radi

Janubiy Koreya prokuraturasi mamlakat sobiq prezidentining dugonasiga 25 yil qamoq jazosi berishni so‘radi


Janubiy Koreya prokuraturasi suddan mamlakat sobiq prezidenti Pak Kin Xening yaqin dugonasi Chxve Sun Silni korrupsiyada ayblab, 25 yil qamoq jazosiga hukm qilishni so‘radi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.

Shuningdek, prokuratura uni 118,5 milliard vona (109 million dollar) jarimaga tortish va 7,7 milliard vona (7 million dollar) miqdoridagi aktivlarini musodara qilishni so‘radi.

Chxve Sun Sil unga pora bergan yirik kompaniyalar manfaatini ilgari surish urish uchun o‘sha paytda prezident lavozimini egallagan Pak Kin Xega ta’siridan noqonuniy foydalanishda gumon qilinmoqda.

Pak Kin Xe martda hokimiyatdan chetlatilgan, ko‘p o‘tmay u va dugonasi hibsga olingandi. Ularga qarshi mansabni suiiste’mol qilish va poraxo‘rlik ayblovlari ilgari surildi.

Опубликовано: admin (14-12-2017, 23:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 43) ( 0) ( 40) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют