» » “Malika” bozorida telefon sotib olish bilan shug‘ullangan 20 yoshli yigit 10 yilga qamalishi mumkin

“Malika” bozorida telefon sotib olish bilan shug‘ullangan 20 yoshli yigit 10 yilga qamalishi mumkin


Toshkentning “Malika” bozorida telefon sotib olish bilan shug‘ullangan 20 yoshli yigit salkam 5 ming dollarlik qimmatliklarni aldov yo‘li bilan o‘zlashtirishda ayblanib, hibsga olindi. Bu haqda UzNews xabar bermoqda.

Shayxontohur tuman IIBga ko‘ra, 1997-yili tug‘ilgan yigit 26 yoshli odamning ishonchiga kirib, unga 4910 dollar evaziga 10 kun ichida 10 ta telefon sotishni va topilgan pulni qaytarishni va’da qilgan. Ammo telefon xarididan tushgan pulni u o‘z ehtiyojlariga ishlatib yuborgan.

Holat yuzasidan JKning 168-moddasi 3-qismi bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi. Moddaga ko‘ra, u yetkazilgan zararni to‘liq qoplab berishi va 8–10 yilgacha qamalishi mumkin.

Ayblanuvchi xavfsizlik maqsadida sud qaroriga qadar hibsda ushlab turiladi.

Опубликовано: admin (15-12-2017, 22:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 26) ( 0) ( 25) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют