» » Samarqanddagi harbiy-vatanparvarlik festivalida 5 mingga yaqin yoshlar ishtirok etdi (foto)

Samarqanddagi harbiy-vatanparvarlik festivalida 5 mingga yaqin yoshlar ishtirok etdi (foto)


Samarqand shahrida joylashgan harbiy shaharchaning sport maydonida Markaziy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondonligi tomonidan viloyat yoshlari uchun “Armiya va yoshlar” nomli harbiy-vatanparvarlik festivali tashkil etildi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Festival doirasida zamonaviy qurol-aslaha va harbiy texnika ko‘rgazmasi, harbiy orkestr va badiiy havaskorlik guruhlarining konsert dasturlari havola etilib, harbiy xizmatchilarning qo‘l jangi usullari va viloyat mudofaaga ko‘maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti o‘quv-texnik sport klublarining chiqishlari namoyish qilindi.

“Besh mingga yaqin yoshlar ishtirok etgan festival o‘quvchilarda katta taassurotlar qoldirdi”, — deyiladi xabarda.

Опубликовано: admin (18-12-2017, 14:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 28) ( 0) ( 27) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют