» » “O‘zbekenergo” AJ Osiyo taraqqiyot banki bilan hamkorlikni kengaytirmoqda

“O‘zbekenergo” AJ Osiyo taraqqiyot banki bilan hamkorlikni kengaytirmoqda


15-dekabr kuni Toshkentda Osiyo taraqqiyot banki, Jahon bankining energetika sohasi bo‘yicha mutaxassislari va “O‘zbekenergo” aksiyadorlik jamiyati tashabbusi bilan “O‘zbekistonda energetika tizimini isloh qilish va xalqaro moliyalashtirish standartlarinini o‘rganib chiqib, hayotga tatbiq etish” mavzusida xalqaro anjuman o‘tkazildi. Bu haqda “O‘zbekenergo” AJ matbuot xizmati xabar bermoqda.

Anjuman davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan energetika tizimida o‘tkazilayotgan islohatlar Osiyo taraqqiyot bankining energetika bo‘yicha mutaxassisi S.Kim tomonidan yuqori baholandi va “Energiya samaradorligini oshirish va hamkorlikni kuchaytirish” mavzusidagi ma’ruzasi tinglandi.

Milliy valyuta devalvatsiyasi davrida energotizimning moliyaviy holatini yaxshilash maqsadida “O‘zbekenergo” AJ tomonidan OTB (Osiyo tarqqiyot banki) bilan hamkorlikda moliyaviy barqarorlikni ta’minlovchi bir nechta chora-tadbirlar belgilandi.

Bundan tashqari OTB tomonidan elektr qiymati asosidagi samarali tariflarni baholash usulini ishlab chiqish uchun grant asosida xorijiy kompaniyani belgilash rejalashtirilmoqda.

Shu qatorda tadbirda chet el davlatlari, xususan, Yevropa va qo‘shni Markaziy Osiyo davlatlari energetika bozorida ish olib borish tajribasiga oid ma’lumotlari tinglanib, OTB tomonidan “O‘zbekenergo” AJga texnik ko‘mak ko‘rsatish hamda istiqbolli loyihalarni amalga oshirish to‘g‘risida kelishib olindi.

Опубликовано: admin (18-12-2017, 17:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 26) ( 0) ( 24) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют