» » O‘zbekiston bilan chegarada sun’iy navbat: Qirg‘iziston chegarachilari tezroq o‘tkazib yuborish uchun pul talab qilmoqda

O‘zbekiston bilan chegarada sun’iy navbat: Qirg‘iziston chegarachilari tezroq o‘tkazib yuborish uchun pul talab qilmoqda


Qirg‘izistonlik chegarachilar o‘zbek-qirg‘iz chegarasini Jalolobod tumanidagi “Madaniyat” nazorat-o‘tkazish punktida sun’iy navbatni yuzaga keltirmoqda. Bu haqda voqea guvohlaridan biriga asoslanib, K-News xabar berdi.

Chegarani kesib o‘tmoqchi bo‘lganlardan 200 qirg‘iz somi (23 ming o‘zbek so‘mi atrofida) talab qilinmoqda, bu pullar nazorat-o‘tkazish punktini tezroq kesib o‘tishga yordam berishi aytilmoqda. Guvohning so‘zlariga ko‘ra, ushbu pulni to‘lagan odamlar hech qanday muammosiz chegaradan o‘tayotgan bo‘lsa, qolganlar ancha vaqt navbatini kutib turibdi.

“Pasport shunchaki skaner qilinadigan zamonaviy dunyoda qanday qilib uzoq vaqt kutish mumkin? O‘zbek chegarachilari bizga nisbatan yaxshi munosabatda bo‘lyapti. Odamlarni yaxshi kutib olib, yaxshi kuzatmoqda, biznikilar esa…”, — deydi guvoh.

Andijon viloyati bojxona boshqarmasi tasarrufidagi “Madaniyat” chegara bojxona posti O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 5—6-sentabr kunlari Qirg‘izistonga amalga oshirgan tashrifidan so‘ng qayta ish boshlagandi.

Опубликовано: admin (20-12-2017, 14:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 73) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют