» » Amerikalik ayol 24 yil avval muzlatilgan embriondan farzand ko‘rdi

Amerikalik ayol 24 yil avval muzlatilgan embriondan farzand ko‘rdi


AQShlik 26 yoshli Tina Gibson 24 yil davomida muzlatib qo‘yilgan xayriya embrionidan qiz farzandni dunyoga keltirdi, deb xabar beradi Forum Daily.

Hozirgi kunda bu farzand tug‘ilishiga sabab bo‘lgan embrionni muzlatib qo‘yish bilan bog‘liq eng uzoq davom etgan muddat hisoblanadi.

Emma Ren ismli ayol 1992-yilda homilador bo‘lgan edi. Biroq, embrion implantatsiya o‘rniga muzlatib qo‘yilgandi.

1991-yilda tug‘ilgan Tina turmush o‘rtog‘i fibroz kistasidan aziyat chekayotgani tufayli farzandli bo‘la olmayotgan edi. Shuning uchun ham er-xotin Sharqiy Tennessidagi embrionlarni xayriya qilish milliy markazidan embrion olishga qaror qildi.

Bu holat farzand asrab olish jarayonini eslatadi. Biroq, bu holatda farzand uni asrab olayotgan ona qornida o‘sadi.

2017-yilning mart oyida Emmaning embrioni eritilib, Tina va uning turmush o‘rtog‘iga xayriya qilindi.

Tina odatiy 40 haftalik homiladorlik muddatidan so‘ng 25-noyabrda tabiiy usul bilan qiz farzandni dunyoga keltirdi. Bo‘yi uzunligi 51 santimetr bo‘lgan chaqaloqning vazni 2950 grammni tashkil etdi.

Bunga qadar farzand dunyoga kelishiga sababchi bo‘lgan embrionning eng uzoq muzlatilgan davri 19 yil bo‘lgan edi.

Опубликовано: admin (20-12-2017, 15:29)
+1 (голосов: 3)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 68) ( 0) ( 66) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют