» » Fotogalereya: Toshkentda vatanparvarlik aksiyasi va harbiy texnika namoyishi o‘tkazildi

Fotogalereya: Toshkentda vatanparvarlik aksiyasi va harbiy texnika namoyishi o‘tkazildi


Oldin xabar qilinganidek, Vatan himoyachilari kuni va Qurolli Kuchlar tashkil topganining 26 yilligiga bag‘ishlab 20-dekabrda poytaxtning “Bunyodkor” stadioni oldidagi maydonda “Milliy armiyamiz — yoshlarning mardlik, matonat va jasorat maktabidir!” shiori ostida ilk bor yoshlarning harbiy-vatanparvarlik festival-aksiyasi bo‘lib o‘tdi.

Mudofaa vazirligi tomonidan tashkil etiladigan festivalda mamlakat aholisi, ayniqsa yoshlar uchun zamonaviy qurol-aslaha va harbiy texnika ko‘rgazmasi, harbiy ta’minot masalalari, shuningdek, harbiy orkestr, O‘zbekiston Qurolli Kuchlari Markaziy ashula va raqs ansambli va estrada yulduzlarining konsert dasturi, harbiy xizmatchilarning qurol bilan saf hamda qo‘l jangi elementlari chiqishlari hamda Favqulodda vaziyatlar vazirligi va Mudofaaga ko‘maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti o‘quv-sport texnika klublarining texnik vositalari namoyish etildi.

Festivalda 30 dan ortiq zamonaviy harbiy texnika va qurol-aslaha namunalari, 200 nafarga yaqin Toshkent harbiy okrugi harbiy xizmatchilari ishtirok etdi.

Mudofaa vazirligi “Daryo”ga aksiyada olingan fotosuratlarni taqdim etdi.

Опубликовано: admin (20-12-2017, 20:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 95) ( 0) ( 94) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют