» » Senatorlar soliq mamuriyatchiligi takomillashtirilishi munosabati bilan ayrim qonun hujjatlariga ozgartishlar kiritishni maqulladi

Senatorlar soliq mamuriyatchiligi takomillashtirilishi munosabati bilan ayrim qonun hujjatlariga ozgartishlar kiritishni maqulladi


2017-yil 20-dekabr kuni Toshkent shahrida bolib otgan Ozbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining on uchinchi yalpi majlisida senatorlar Ozbekiston Respublikasi Prezidentining Soliq mamuriyatchiligini tubdan takomillashtirish, soliqlar va boshqa majburiy tolovlarning yigiluvchanligini oshirish chora-tadbirlari togrisidagi 2017-yil 18-iyuldagi farmonini ijro etish maqsadida ishlab chiqilgan Soliq mamuriyatchiligi takomillashtirilishi munosabati bilan Ozbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga ozgartish va qoshimchalar kiritish togrisidagi Ozbekiston Respublikasining qonunini korib chiqdi. Bu haqda OzA xabar bermoqda.

Qonun hujjati soliq solish tizimini izchillik bilan soddalashtirishga, soliq solish bazasini kengaytirishga, soliq mamuriyatchiligining zamonaviy usullarini joriy etishga qaratilgan.

Qonunga muvofiq Soliq kodeksi halol soliq tolovchilarga soliq solishga doir joriy masalalarni hal qilishda har tomonlama komak berish orqali ular va soliq organlari ortasida kengaytirilgan axborot almashinuvini nazarda tutadigan soliq monitoringi joriy etilishini belgilab beruvchi yangi Soliq monitoringi bobi bilan toldirilmoqda.

Shuningdek, qonun bilan Fuqarolik kodeksi va Bankrotlik togrisidagi Ozbekiston Respublikasi qonuniga yakka tartibdagi tadbirkor maqomini yoqotgan va muqaddam tadbirkorlik faoliyati bilan shugullanishi natijasida yuzaga kelgan soliq qarzdorligiga ega bolgan, shuningdek, tadbirkorlik faoliyatini davlat royxatidan otmasdan amalga oshirgan jismoniy shaxslarga bankrotlikning qollanishini nazarda tutuvchi ozgartish va qoshimchalar kiritilmoqda.

Soliq kodeksiga hamda Elektron tijorat togrisidagi Ozbekiston Respublikasining qonuniga kiritilayotgan ozgartish va qoshimchalarda Internet tarmogida savdo va xizmatlar korsatish sohasida soliq nazoratini amalga oshirish mexanizmlarini joriy etish nazarda tutilgan.

Davlat soliq xizmati togrisidagi Ozbekiston Respublikasi qonuniga va Soliq kodeksiga kiritilgan ozgartishlar bilan soliq tolovchi vakolatli organlarga murojaat qilgan sanadan boshlab 15 ish kuni davomida ortiqcha tolangan soliqlar va boshqa majburiy tolovlar summalarini qaytarish yoki hisobga olish tartibi ornatilmoqda. Qonun senatorlar tomonidan maqullandi.

: admin (21-12-2017, 10:15)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 29) ( 0) ( 28) ( 1)
:
-
:
:
20 ... -