» » Qodirov AQSh yeriga oyoq bosish haqida buyruq olmaganini aytdi

Qodirov AQSh yeriga oyoq bosish haqida buyruq olmaganini aytdi


Checheniston rahbari Ramzan Qodirov Amerika sanksiyaviy ro‘yxatida o‘zining ism-sharifi paydo bo‘lishini izohladi. U o‘z Instagram’iga trenajyor zalida olingan videoni joyladi, unda shtanga fonida “AQSh yeriga oyoq bosish buyrug‘ini hali olmagani”ni aytdi.

“Bechora amerikaliklar. Bitta kichkina, ammo juda mag‘rur Checheniston Respublikasi butun bir davlatga tinchlik bermayapti. Xavotirlanishmasin, men hozircha AQSh yeriga oyoq bosish buyrug‘ini olganim yo‘q. Unutuvchan kishilar uchun qaytaraman, menga mamlakatning barcha valyuta zaxiralarini mukofot sifatida va’da qilishganida ham, AQShga bormagan bo‘lardim”, — dedi u.

Qodirov qo‘shimcha qilishicha, “butun dunyoga mashhur buyuk amerikaliklar uyimga doimiy ravishda mehmonga kelib turadi, ba’zilari esa Chechenistonga ko‘chib o‘tishni rejalashtirmoqda. Ularning sizning sanksiyalaringiz bilan ishi ham yo‘q”.

20-dekabr kuni Amerika hukumati “Magnitskiy qonuni” bo‘yicha sanksiyalar ostida bo‘lgan rossiyaliklar ro‘yxatini to‘ldirdi. Qodirovdan tashqari, cheklovchi choralar yana to‘rt kishiga nisbatan amal qiladi.

Опубликовано: admin (21-12-2017, 11:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 52) ( 0) ( 50) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют