WWW.XIT.UZ » Yangiliklar » Sirdaryo viloyati hokimi Toshkent shahrida tahsil olayotgan talabalar bilan uchrashdi
Sirdaryo viloyati hokimi Toshkent shahrida tahsil olayotgan talabalar bilan uchrashdi
Sirdaryo viloyati hokimi G‘ofurjon Mirzayev Toshkent shahrida tahsil olayotgan sirdaryolik yoshlar, turli yo‘nalishda ilmiy faoliyat yuritayotgan professor-o‘qituvchilar bilan uchrashdi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
Viloyat hokimi yoshlarga Sirdaryoda ro‘y berayotgan o‘zgarishlar haqida so‘zlab berdi.
Tadbirda viloyatda yosh kadrlarni ish bilan ta’minlash, ularga munosib sharoitlar yaratib berish yo‘nalishidagi ishlar haqida ma’lumot berildi. Yoshlarni uy-joy bilan ta’minlash, mehnatini munosib rag‘batlantirish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar katta qiziqish uyg‘otdi.
Shu maqsadda Guliston shahridagi “Buyuk kelajak” mavzeida 68 ta ko‘p qavatli uy qurilmoqda. Bu uylarda yosh mutaxassislarga xonadonlar ajratilishi rejalashtirilgan.
(голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!
Добавить комментарий!
ОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?