» » Namangandagi tashkilot soliqlardan 10,5 milliard so‘m qarzdor bo‘lib, barcha mol-mulkidan ayrildi. Unga qarashli basketbol maydonchasi ham xatlovga olindi

Namangandagi tashkilot soliqlardan 10,5 milliard so‘m qarzdor bo‘lib, barcha mol-mulkidan ayrildi. Unga qarashli basketbol maydonchasi ham xatlovga olindi


Namangan shahridagi “Agrokimyohimoya” hududiy aksiyadorlik jamiyatining soliq va boshqa majburiy to‘lovlardan bo‘lgan qarzi yillar davomida to‘planib, naqd 10 milliard 500 million so‘mga yetgani bois uning tasarrufidagi butun mol-mulk xatlovga olindi, deb xabar beradi O‘zA.

Shahar davlat soliq inspeksiyasining bir necha bor ogohlantirishiga qaramay, soliq qarzdorligi bartaraf etilmadi. Axiyri Namangan viloyati iqtisodiy sudining 31-oktabrdagi ijro varaqasiga asosan mazkur qarzdorlik bo‘yicha undiruv jamiyatning mol-mulkiga qaratildi.

Jamiyat tasarrufida bo‘lgan 23 turdagi 1 milliard 986 million so‘mlik, Mingbuloq tumanidagi 100 turdagi 1 milliard 763 million so‘mlik, Namangan tumanidagi 58 turdagi 874 million so‘mlik, Norin tumanidagi 31 turdagi 901 million so‘mlik, Pop tumanidagi 55 turdagi 1 milliard 103 million so‘mlik, Uychi tumanidagi 43 turdagi 772 million so‘mlik, jami 8 milliard 347 million so‘mlik mol-mulk, jamiyat hududida joylashgan qurilishi tugallanmagan mehmonxona binosi hamda basketbol maydonchasi ham xatlovga olindi.

Xatlovga olingan mol-mulk O‘zbekiston Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosining onlayn auksion savdosi orqali sotilib, sotuvdan tushgan mablag‘ davlat budjetiga kirim qilinadi.

Опубликовано: admin (22-12-2017, 22:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 72) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют