» » Bugun Ronaldu va Messi uchun yildagi so‘nggi o‘yin. 2017-yilda kim kuchliroq edi?

Bugun Ronaldu va Messi uchun yildagi so‘nggi o‘yin. 2017-yilda kim kuchliroq edi?


Bugun — 23-dekabr kuni Toshkent vaqti bilan 17:00 da “El-Klasiko” bo‘lib o‘tadi. Ikki azaliy raqib — “Real” va “Barselona”ning bu safargi to‘qnashuvi yilning so‘nggi o‘yini sifatida qayd etiladi.

Boisi, Ispaniya klublari ertadan boshlab kichik tanaffusga chiqadi. Shu bilan ular 3-yanvar kuni Ispaniya Kubogining 1/8 finali doirasida maydonga tushadi. Chempionatning keyingi turi esa 6-yanvarda start oladi.

Asosiy e’tibor bugun Krishtianu Ronaldu hamda Lionel Messida bo‘lishi shubhasiz. 2017-yilda ham futbol muxlislari mazkur ikki futbolchining raqobatiga guvoh bo‘ldi. O‘tgan mavsumni yuqori notada yakunlagan Ronaldu yil so‘ngida “Oltin to‘p”lari sonini 5 taga yetkazib, Messi bilan tenglashib olgan bo‘lsa, o‘z navbatida argentinalik futbolchi “Oltin butsa”ga ega chiqdi, ketidan Marca nashri talqiniga ko‘ra, Ispaniya La Ligasining so‘nggi mavsumdagi eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

Xo‘sh, mavsumlarni inobatga olmay, faqatgina 2017-yildagi o‘yinlarga nazar solinganida vaziyat qanday? Statistiklar buni hisoblab chiqdi.

Leo Messi mazkur yil davomida jami 63 ta o‘yinda maydonga tushdi va raqiblar darvozasiga 53 ta gol urishga erishdi. Shuningdek, 15 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Messi o‘rta hisobda har bir o‘yinda 0,84 ta gol urishga erishgan.

Krishtianu esa o‘rta hisobda biroz ko‘proq — har bir o‘yinga 0,90 ta gol urishga erishgan. Sababi u Messiga nisbatan 4 ta kam o‘yinda maydonga tushdi — 59 ta. Gollar soni esa bir xil — 53 ta. Golli uzatmalar bobida Messi faolroq, Ronalduda bu ko‘rsatkich 13 tani tashkil qiladi.

Опубликовано: admin (23-12-2017, 12:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 95) ( 0) ( 94) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют