» » Ramzan Qodirovning Instagram va Facebook’dagi sahifasi bloklandi

Ramzan Qodirovning Instagram va Facebook’dagi sahifasi bloklandi


Checheniston prezidenti Ramzan Qodirovning Instagram ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasi ishlashdan to‘xtadi, deb xabar berdi “RIA Novosti”.

Hozirda Ramzan Qodirovning Instagram’dagi @kadyrov_95 sahifasiga kirishning imkoni yo‘q. Shuningdek, siyosatchining Facebook’dagi sahifasi ham ishlamayapti.

20-dekabr, chorshanba kuni AQSh rasmiylari inson huquqlari poymol etilishiga aloqador shaxslar o‘rin oladigan “Magnitskiy ro‘yxati”ga Checheniston rahbari Ramzan Qodirovni kiritgan edi.

“Aslida AQSh hayotimni chet ellik terrorchilarga qarshi kurashga bag‘ishlaganimni kechira olmaydi. Ular orasida Qo‘shma Shtatlar maxsus xizmatlari tarbiyasini olgan mal’unlar ham bor”, — deya ro‘yxatdan o‘rin olganiga izoh beradi Qodirov.

Опубликовано: admin (23-12-2017, 14:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 82) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют