» » Shavkat Mirziyoyev topshirig‘iga binoan Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti o‘qituvchilariga 20 ta uy beriladi

Shavkat Mirziyoyev topshirig‘iga binoan Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti o‘qituvchilariga 20 ta uy beriladi


Shavkat Mirziyoyev Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining o‘qituvchilari uchun Toshkent shahridan 20 uy ajratish bo‘yicha topshiriq berdi, deb xabar qiladi O‘zA.

Birinchi Prezidenti Islom Karimovning 2016-yil 13-maydagi qaroriga muvofiq tashkil etilgan mazkur universitetda uch fakultet, o‘n ikkita kafedra mavjud. O‘tgan vaqt mobaynida ushbu oliy ta’lim muassasasiga ajratilgan o‘quv binolari kapital ta’mirdan chiqarilib, zamonaviy sharoitlar yaratildi. Bugun universitetda 1 ming 100 talaba tahsil olmoqda, ularga fan doktorlari va PhD darajasiga ega yuqori malakali mutaxassislardan iborat o‘qituvchilar jamoasi dars bermoqda.

Shavkat Mirziyoyevning tashrifi doirasida mazkur universitet binolari foydalanishga topshirildi.

Universitetda ta’lim jarayoni to‘liq elektronlashtirilgan. Videokonferensiya zali, sinxron tarjima va ovoz yozish xonalari, axborot-resurs markazi zamonaviy texnologiyalar bilan ta’minlangan.

O‘zbekiston Prezidenti universitetda yaratilgan sharoitlarni ko‘zdan kechirdi. O‘qituvchi va talabalar bilan suhbatlashdi. Shavkat Mirziyoyev Navoiy asarlarining multimediaviy lug‘atini yaratib, xalqimizga yetkazish, ilmiy izlanishlarni rag‘batlantirish zarurligini ta’kidladi.

O‘zbek tilining xalqaro nufuzini oshirish, o‘zbek adabiyoti namunalarini chet tillarga tarjima qilish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

“Ona tilimizning boyligini, unga hurmatingiz va muhabbatingizni tilimizni dunyoga tarannum etish bilan ko‘rsatishingiz kerak”, — dedi Shavkat Mirziyoyev universitet mutaxassislari bilan suhbatda.

Shavkat Mirziyoyev universitet o‘qituvchilari uchun Toshkent shahridan 20 uy ajratish bo‘yicha topshiriq berdi.

Опубликовано: admin (23-12-2017, 16:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 82) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют