» » Air China samolyotida Los-Anjelesga yo‘l olgan xitoylik ayol parvoz chog‘ida olamdan o‘tdi

Air China samolyotida Los-Anjelesga yo‘l olgan xitoylik ayol parvoz chog‘ida olamdan o‘tdi


Air China samolyotida Pekindan Los-Anjelesga yo‘l olgan xitoylik ayol parvoz chog‘ida olamdan o‘tdi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.

Havo kemasi komandiri Petropavlovsk-Kamchatskda yo‘lovchilardan birining mazasi qochgani sababli majburiy qo‘nishga ruxsat so‘radi. Biroq samolyot pastlayotganda ayol hushini yo‘qotib bo‘lgandi.

Kema Rossiyadagi aeroportga qo‘nganidan so‘ng bortga ko‘tarilgan reanimatologlar brigadasi yurak to‘xtab qolganini qayd etdi. Ular bir soatga yaqin ayolni qutqarishga harakat qildi, biroq u olamdan o‘tdi.

Опубликовано: admin (24-12-2017, 10:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 25) ( 0) ( 23) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют