» » Daniya hayvonot bog‘lari sherlarga ozuqa uchun uy hayvonlari keltirishni so‘ramoqda

Daniya hayvonot bog‘lari sherlarga ozuqa uchun uy hayvonlari keltirishni so‘ramoqda


Daniyaning ikki hayvonot bog‘i mahalliy aholidan yirtqichlarga ozuqa uchun uy hayvonlarini qabul qilmoqda. Bu haqda Daniyaning TV2 telekanali ma’lum qildi, deb yozadi “RIA Novosti”.

Gap Kopengagen va Givskud hayvonot bog‘lari haqida bormoqda. Kopengagen hayvonot bog‘i bolalar ko‘z o‘ngida sherlarga ozuqa uchun jirafa o‘ldirilgandan so‘ng yomon nom chiqargan edi.

Hozir har ikkala hayvonot bog‘i keraksiz kichkina hayvonlar, masalan, dengiz cho‘chqasi va quyonlarni qabul qilmoqda. Ular bilan sherlar, yo‘lbarslar va bo‘rilar oziqlanmoqda.

“Hayvonlarning ozuqasi har doim ot yoki sigir bo‘lmasdan, turlicha bo‘lgani yaxshi”, — deydi hayvonot bog‘i xodimi Anna-Sofi Eller.

U yirtqichlar uchun tabiiy o‘lja bo‘lishi mumkin bo‘lgan hayvonlar ozuqa uchun foydalanilayotganligini ta’kidladi.

Опубликовано: admin (24-12-2017, 16:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 36) ( 0) ( 35) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют