» » Jizzax shahrida “Armiya va yoshlar” festivali o‘tkazildi (foto)

Jizzax shahrida “Armiya va yoshlar” festivali o‘tkazildi (foto)


23-dekabr kuni Jizzax shahrining “Mustaqillik” maydonida O‘zbekiston Respublikasi qurolli kuchlari tashkil topganining 26 yilligi va Vatan himoyachilari kuniga bag‘ishlab “Milliy armiyamiz – yoshlarning mardlik, matonat va jasorat maktabidir” shiori ostida “Armiya va yoshlar” nomli festival o‘tkazildi. Bu haqda mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Jizzax viloyati hokimligi va Markaziy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondonligi tomonidan tashkil etilgan O‘zbekiston qurolli kuchlari salohiyati namoyishida viloyat aholisi bilan birga 10 mingga yaqin yoshlar ham ishtirok etdi.

Festivalda 800 nafarga yaqin harbiy xizmatchilarning harbiy orkestr sadolari ostida tantanali marsh bilan o‘tdi, shuningdek qo‘l jangi va saf elementlari namoyish etildi.

Festival ishtirokchilari 50 dan ziyod harbiy-texnika va qurol-aslaha namunalari hamda harbiy ta’minotga oid ko‘rgazmalar bilan tanishdi.

Tadbirda Jizzax viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Ergash Soliyev va markaziy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondoni polkovnik Oybek Saidov ishtirok etdi.

Опубликовано: admin (25-12-2017, 11:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 25) ( 0) ( 24) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют