» » Janubi-Sharqiy Osiyoda shubhali bitkoin o‘tkazmalari aniqlandi

Janubi-Sharqiy Osiyoda shubhali bitkoin o‘tkazmalari aniqlandi


Janubi-Sharqiy Osiyo mamlakatlari moliyaviy razvedka ekspertlari terrorchilar uchun mo‘ljallangan bir nechta shubhali pul o‘tkazmalarini qayd etdi. Ular kriptovalyutalar yordamida amalga oshirilgan. Bu haqda 27-dekabr, chorshanba kuni Straits Times gazetasi ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.

“Tranzaksiyalar soni hozircha unchalik yuqori emas, biroq ekstremistlar ularni oshirishga intilmoqda. Ularning yakuniy maqsadi ushbu mablag‘larni kerakli manzilga yetkazilishini ta’minlashdan iborat”, — deydi vaziyat bilan tanish manba. Uning so‘zlariga qaraganda, maksimal anonimlik bitkoinlarni ular uchun eng maqbul to‘lov vositalaridan biriga aylantiradi.

U maxsus xizmatlar bu kabi sxemalarni nazorat qilish uchun maxsus mahsulotlar va tizimlardan foydalanishini ma’lum qildi. Manbaning ta’kidlashicha, ekspertlar kriptovalyuta kelib tushayotgan manbani aniqlashi mumkin, biroq bu operatsiyalar ortida aynan kim turganligini aniqlash juda qiyin.

Опубликовано: admin (27-12-2017, 13:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 98) ( 0) ( 95) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют