» » O‘zbekistonlik 25 yoshli qiz ilk marta “Koinot go‘zali” xalqaro tanlovida ishtirok etadi

O‘zbekistonlik 25 yoshli qiz ilk marta “Koinot go‘zali” xalqaro tanlovida ishtirok etadi


“Koinot go‘zali-2018” xalqaro go‘zallik tanlovi yaqinda butun dunyo bo‘yicha kasting e’lon qildi, deb xabar beradi “Nuz.uz”.

Tanlov shartlariga ko‘ra, bo‘yi 165 santimetr bo‘lgan, turmush qurmagan 18 yoshdan 26 yoshgacha bo‘lgan istalgan qiz tanlovning saralash bosqichida ishtirok etishi mumkin.

25 yoshli professional model Aziza Nurmuhammedova mazkur nufuzli tanlovda ilk marta O‘zbekiston nomidan ishtirok etmoqda.

“ ‘Model of the world in Uzbekistan-2008’ men ishtirok etgan birinchi va oxirgi go‘zallik tanlovi edi. O‘zimni boshqa darajada sinab ko‘rish, yangi insonlar bilan tanishish, professional tajriba almashish niyatidaman”, — deydi Aziza Nurmuhammedova.

Ma’lumot uchun, “Koinot go‘zali-2018” tanlovining saralash bosqichida 100 ta mamlakat vakillari ishtirok etadi. 15 nafar ishtirokchi tanlov finaliga chiqadi.

Konkursning tashkiliy qo‘mitasi kasting boshlangan kundan so‘ng ikki oy muddat ichida ishtirokchilar arizasini ko‘rib chiqadi. Shundan so‘ng internet-ovoz berish jarayoniga start beriladi.

Опубликовано: admin (27-12-2017, 14:14)
+3 (голосов: 3)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 35) ( 0) ( 34) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют