» » Qozog‘iston Parlamenti Majlisi raisi O‘zbekiston delegatsiyasini qabul qildi

Qozog‘iston Parlamenti Majlisi raisi O‘zbekiston delegatsiyasini qabul qildi


27-dekabr kuni Qozog‘iston Parlamenti Majlisi raisi Nurlan Nigmatullin O‘zbekiston Oliy Majlis qonunchilik palatasi vitse-spikeri Boriy Alixonov boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv o‘tkazdi, deb yozadi “Kazinform”.

Uchrashuvda O‘zbekiston delegatsiyasi vakillari Majlis faoliyati bilan tanishtirildi.

Tomonlar parlamentlararo guruhlar salohiyatini hamkorlik masalalarida faol qo‘llash yuzasidan fikr almashdi.

Nurlan Nigmatullin O‘zbekiston hukumatiga Qozog‘istonning BMT xavfsizlik kengashiga a’zoligi va Ostona shahrida “Ekspo-2017” ko‘rgazmasini o‘tkazish kabi xalqaro maydondagi tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlayotgani uchun minnatdorchilik bildirdi.

Majlis spikeri Qozog‘istonda 2018-yilning “O‘zbekiston yili” deb e’lon qilinishini ikki tomonlama munosabatlarning rivojlanishidagi muhim hodisa ekanligini ta’kidladi.

O‘zbekiston delegatsiyasi tashrif davomida Qizil O‘rda va Janubiy Qozog‘iston viloyatlariga ham borishi rejalashtirilmoqda.

Опубликовано: admin (27-12-2017, 16:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 79) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют