» » Facebook Qodirovning akkaunti bloklanishini sanksiyalar bilan izohladi

Facebook Qodirovning akkaunti bloklanishini sanksiyalar bilan izohladi


Amerikaning Facebook kompaniyasi Checheniston Respublikasi rahbari Ramzan Qodirovning akkaunti bloklanishini uning AQSh sanksiyaviy ro‘yxatiga kiritilgani bilan izohladi, deb yozadi “RIA Novosti”.

Ijtimoiy tarmoq aniqlik kiritishicha, savdo-iqtisodiy cheklovlar unga nisbatan amal qiladi. “Shu munosabat bilan Facebook’da ushbu shaxsning akkauntlarini deaktivatsiya qilish bo‘yicha yuridik majburiyat bor”, — deyiladi kompaniyaning rasmiy izohida.

Eslatib o‘tamiz, 20-dekabr, chorshanba kuni AQSh rasmiylari inson huquqlari poymol etilishiga aloqador shaxslar o‘rin oladigan “Magnitskiy ro‘yxati”ga Checheniston rahbari Ramzan Qodirovni kiritgach, 23-dekabrga o‘tar kechasi uning Instagram va Facebook ijtimoiy tarmoqlaridagi sahifalari ishlashdan to‘xtadi.

Instagram va Facebook’dagi akkauntlari o‘chirib tashlangach, Checheniston rahbari Ramzan Qodirov boshqa ijtimoiy tarmoq — Mylistory’ga o‘tganini e’lon qildi.

Опубликовано: admin (28-12-2017, 08:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 62) ( 0) ( 61) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют