» » Buxoro viloyatidagi 4 ta patrul posti tugatildi

Buxoro viloyatidagi 4 ta patrul posti tugatildi


Buxoro viloyati yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xodimlari tomonidan joriy yilning o‘tgan davri mobaynida bir qator maqsadli tadbirlar o‘tkazildi. Bu haqda Buxoro IIB matbuot xizmati xabar bermoqda.

Har bir shahar tumanlarda kamida 2 tadan jami 44 ta aholi yashaydigan va chekka hududlarda haydovchilarni ogohlikka, hushyorlikka chaqiruvchi, tezlikni oshirmaslikka undovchi belgilar va operativ xizmat avtotransport vositalari tasviri tushurilgan maxsus mulyajlar, shuningdek, elektron qurilmalar o‘rnatildi, hamda maxsus “palma” shaklidagi tungi yoritish chiroqlari va yo‘l transport hodisalarini oldini olish bo‘yicha bukletlar ishlab chiqildi.

Qayd etilishicha, mazkur chora-tadbirlar natijasida o‘tgan yilga nisbatan yo‘l-transport hodisalari 24 taga kamaygan.

Shuningdek, Buxoro viloyatining Qashqadaryo viloyati bilan chegara hududida joylashgan “Cho‘lquvar” va Xorazm viloyati bilan chegara hududda faoliyat ko‘rsatgan “Qizilqum” YPX maskanlari haydovchilarga yanada qulaylik yaratish maqsadida olib tashlangan.

Bundan tashqari, Buxoro shahriga kiraverishda joylashgan “Taxmach” va “Chandir” YPX maskanlari ham bundan buyon faoliyat ko‘rsatmaydi.

Опубликовано: admin (28-12-2017, 17:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 80) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют