» » Nukus shahridagi Xalq qabulxonasiga yangi rahbar tayinlandi

Nukus shahridagi Xalq qabulxonasiga yangi rahbar tayinlandi


Nukus shahridagi Xalq qabulxonasiga Seytanov Azat Ismaylovich rahbar etib tayinlandi. Bu haqda “KRuz.uz” qabulxona xodimlariga tayanib xabar berdi.

A.Seytanov bundan oldin Qoraqalpog‘iston Respublikasi Konstitutsiyaviy nazorat qo‘mitasining bosh mutaxassisi lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.

Azat Ismaylovich 1964-yili Kegayli tumanida tavallud topgan. U ish faoliyati davomida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahar sudining sud ijrochisi, ish o‘rganuvchi-sudya, katta sud ijrochisi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligining yetakchi mutaxassisi, maslahatchisi, Qo‘ng‘irot tuman xalq sudining sudyasi, Chimboy tuman xalq sudining raisi, Jinoyat ishlari bo‘yicha Nukus shahar sudining raisi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi jinoyat ishlari bo‘yicha Oliy sudi raisining o‘rinbosari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi xo‘jalik sudining raisi, Nukus shahri “Huqiqiy qorgaushi” advokatlik byurosida advokat-stajyor, “Agrobank” OATB Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi yuridik bo‘limi boshlig‘i lavozimlarida ishlagan.

Опубликовано: admin (29-12-2017, 11:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 63) ( 0) ( 63) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют