» » Toshkent yuridik kollejining sobiq direktori Natalya Temirova qamoqda saqlanmoqda

Toshkent yuridik kollejining sobiq direktori Natalya Temirova qamoqda saqlanmoqda


Toshkent yuridik kollejining sobiq direktori Natalya Temirovaga nisbatan 2017-yilning oktabr oyida jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan edi. UZ24’ning xabar berishicha, Toshkent shahar IIBBda bo‘lib o‘tgan brifingda ushbu ish bo‘yicha ma’lumot berilgan.

Shahar prokuraturasi vakili Bobir Dehqonovning ma’lum qilishicha, Natalya Temirova ayni vaqtda qamoqda saqlanmoqda. Tergov jarayoni davom etmoqda.

Temirova 25-noyabr kuni Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi “a” bandi, 205-moddasi 1-qismi, 206-moddasi 1-qismi, 209-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan bog‘liq jinoyatlarni sodir etganlikda gumon qilinib, qo‘lga olingan.

Unga nisbatan davlat budjeti mablag‘larini yirik miqdorda talon-toroj qilish, kollejga noqonuniy yo‘l bilan o‘qishga kirgan o‘quvchilarga diplomlar berish kabi ayblovlar ilgari surilmoqda.

Опубликовано: admin (30-12-2017, 17:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 89) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют