» » Olmaliqda “Armiya va yoshlar” festivali doirasida 9 vertolyot shahar ustidan namoyishkorona uchib o‘tdi

Olmaliqda “Armiya va yoshlar” festivali doirasida 9 vertolyot shahar ustidan namoyishkorona uchib o‘tdi


Olmaliq shahridagi “Metallurg” stadionida Toshkent harbiy okrugi qo‘shinlari qo‘mondonligi tomonidan aholi va yoshlar uchun “Armiya va yoshlar” deb nomlangan harbiy-vatanparvarlik festivali o‘tkazildi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati “Daryo”ga ma’lum qildi.

Festivalda aholi, ayniqsa yoshlar uchun zamonaviy qurol-aslaha va harbiy texnika ko‘rgazmasi, harbiy ta’minot masalalari, shuningdek, harbiy orkestr, Qurolli Kuchlar Markaziy ashula va raqs ansambli va estrada yulduzlarining konsert dasturi, harbiy xizmatchilarning qurol bilan saf hamda qo‘l jangi elementlari chiqishlari ko‘rsatildi.

Shuningdek, MXX Chegara qo‘shinlari va Favqulodda vaziyatlar vazirligining texnik vositalari namoyish etildi, Havo hujumidan mudofaa va Harbiy-havo kuchlari qo‘shinlariga qarashli 9 ta vertolyotning namoyishkorona uchib o‘tishi ko‘rsatildi.

Festivalda:

Xabar berishlaricha, festivalda 50 dan ziyod zamonaviy harbiy texnika va qurol-aslaha namunalari, 300 nafarga yaqin harbiy xizmatchilar hamda 6 mingga yaqin aholi ishtirok etgan.

Опубликовано: admin (30-12-2017, 19:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 28) ( 0) ( 26) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют