» » Rossiyaning Suriyadagi bazasiga hujum oqibatida 7 ta samolyot yo‘q qilindi

Rossiyaning Suriyadagi bazasiga hujum oqibatida 7 ta samolyot yo‘q qilindi


31-dekabr kuni Rossiyaning Suriyadagi Xmeymim aviabazasiga uyushtirilgan minomyotli hujum natijasida yettita samolyot yo‘q qilindi. Bu haqda harbiy-diplomatik manbalariga tayanib, “Kommersant” xabar berdi.

Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, jangarilar bazani o‘qqa tutib, to‘rtta Su-24 bombardimonchisini, ikkita Su-35S qiruvchisini va An-72 transportchi samolyotini deyarli yo‘q qilib tashlagan. Shuningdek, o‘q-dorilar ombori ham portlatilgan.

Oqibatda o‘ndan ortiq harbiy xizmatchilar jabrlangan, ammo gap rossiyaliklar haqida borayotganiga aniqlik kiritilmagan.

Ushbu ma’lumotlarni mudofaa vazirligi rasman tasdiqlaganicha yo‘q.

Опубликовано: admin (4-01-2018, 11:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 76) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют