» » Yangi yil kechasi Chilonzorda sodir bo‘lgan yong‘in oqibatida 2 kishi halok bo‘ldi (video)

Yangi yil kechasi Chilonzorda sodir bo‘lgan yong‘in oqibatida 2 kishi halok bo‘ldi (video)


Yangi yil kechasi Toshkent shahri joylashgan ko‘p qavatli uylardan birida sodir bo‘lgan yong‘in oqibatida ikki nafar fuqaro halok bo‘ldi, deb xabar berdi “Novosti Uzbekistana”.

Yong‘in 31-dekabrdan 1-yanvarga o‘tar kechasi soat 00:30 da Chilonzor tumanining 24-dahasida joylashgan 4 qavatli uylardan biridagi xonadonda sodir bo‘lgan.

Toshkent IIB yong‘in xavfsizligi boshqarmasining ma’lumotlariga ko‘ra, yong‘in binoning uchinchi qavatidagi 41-kvartirada sodir bo‘lgan. O‘t o‘chiruvchilarning tezkor harakatiga qaramay, xonadonning 59 yoshli egasini qutqarib qolishning imkoni bo‘lmagan. Bundan tashqari yong‘in yuqori qavatga ko‘chib, xonadonning 46 yoshli egasini ham tutundan zaharlanib o‘lishiga olib kelgan. Shuningdek, yong‘in oqibatida yana ikki kishi ham jarohat olgan.

Hozirda yong‘in nima orqali yuzaga kelgani tekshirilmoqda.

Опубликовано: admin (4-01-2018, 14:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 65) ( 0) ( 63) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют