» » Registonga 3 kunda 2 mingdan ortiq sayyoh keldi

Registonga 3 kunda 2 mingdan ortiq sayyoh keldi


Samarqand shahridagi diqqatga sazovor maskanlar bayram kunlarida sayohatchilar bilan gavjum bo‘ldi, deb yozadi O‘zA.

Samarqandni ziyorat qilishni anchadan buyon niyat qilib yurardim. Lekin o‘g‘lim ishidan bo‘sh vaqt topolmayotgani uchun sayohatimiz orqaga surilib kelayotgandi. Yangi yil bayrami munosabati bilan besh kunlik uzluksiz dam olish kunlari belgilangani juda yaxshi ish bo‘ldi. Mana samarasi, biz ham Samarqanddamiz. Ziyoratimizni Imom Buxoriy qadamjosidan boshlab, yana ko‘plab tarixiy obidalarni ko‘rdik. Birinchi Prezidentimiz ruhi poklariga tilovat qildik. Shu tariqa Yangi yilni yangicha kuch-g‘ayrat, ruhiy yengillik bilan boshladik.

Abdulla Saidov, xorazmlik sayyoh

Ish yuzasidan Samarqandga ko‘p kelgan bo‘lsam-da, vaqt tig‘izligidan shahardagi tarixiy-madaniy obidalarni tomosha qila olmaganman. Bu gal qulay imkoniyat tufayli Samarqandga butun oilamiz bilan kelib Amir Temur maqbarasi, Shohi Zinda yodgorligi, Registon majmuasi va boshqa maskanlarni ziyorat qildik. Chet davlatlarda odamlar bayramni sayohat qilib nishonlashini eshitardik. Yaratganga shukr, bugun biz ham ana shunday baxtga erishib turibmiz. Oila a’zolarimizning barchasi Yangi yildagi sayohatdan mamnun.

Muhammadjon G‘aniyev, farg‘onalik sayyoh

Samarqand shahridagi Registon majmuasi rahbariyati ma’lumotlariga ko‘ra, Yangi yilning dastlabki kunlarida ushbu maskanni 2 mingdan ortiq mahalliy, 200 ga yaqin xorijlik sayyoh tomosha qilgan.

Опубликовано: admin (4-01-2018, 16:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 68) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют